Osiyo o‘yinlarida ikki futbol jamoalari qatnasha olmasligini ma’lum qildi

Osiyo o‘yinlarida ikki futbol jamoalari qatnasha olmasligini ma’lum qildi

Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o‘rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o‘zgarish bo‘ldi.

Dastlabki qur’a natijasiga ko‘ra, ushbu kvartetdan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gonkong jamoalari o‘rin olgan edi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.

Vaziyatdan chiqish maqsadida O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bu holat bo‘yicha Osiyo futbol konfederasiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan. Shu bois, endi O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g‘olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo‘yicha o‘yinlar 22 va 25 sentyabr sanalariga belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!