Osiyo – Tinchokeani bo‘yicha sherik mamlakatlar yetakchilari NATO bilan hamkorlikni muhokama qilishdi

Osiyo – Tinchokeani bo‘yicha sherik mamlakatlar yetakchilari NATO bilan hamkorlikni muhokama qilishdi

Osiyo – Tinchokeani bo‘yicha sherik mamlakatlar yetakchilari xalqaro vaziyatni va NATO bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi, deb ma’lum qilmoqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi.

Xabarda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida, Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol va Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Ukrainadagi vaziyatni va uning jahon hamjamiyatiga ta’sirini muhokama qilgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, to‘rt mamlakat yetakchilari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini bir ovozdan qoralagan, shuningdek, Hind – Tinchokeani mintaqasi va Yevropa xavfsizligini ta’minlash masalalari bir-biridan ayro emasligi e’tirof etilgan. NATO bilan sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash uchun o‘zaro birgalikda harakat qilish kerakligi aytib o‘tilgan".

Ushbu mamlakatlarning yetakchilari Madridda bo‘lib o‘tayotgan NATOga a’zo mamlakatlar sammitida ishtirok etmoqda. Bosh vazir Kisida alyans sammitida ilk bor ishtirok etgan Yaponiya Vazirlar Mahkamasining birinchi rahbari bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!