Osiyo hamda Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

Osiyo hamda Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo hamda IV Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etib, sportchilarni ulkan g‘alaba bilan tabrikladi va keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

–Sportchilarimizning ulkan g‘alabasi viloyatimiz sport tarixida ilk bor qayd etilishi. Bu barchamizni shodlik va sururga to‘ldirdi, – dedi viloyat hokimi. – Bunday muvaffaqiyatlar omili avalambor, Prezidentimizning mamlakatimiz sportchi yoshlariga bo‘lgan e’tibori, g‘amxo‘rligining natijasi deb bilamiz. Qolaversa, sportchi yoshlarimizning ham bunday e’tiborga javoban o‘zlarining tinimsiz mehnatlari, metin irodasi tufayli yuksak marralarni zabt etayotganlari ham tahsinga sazovordir.

O‘n to‘qqizinchi Osiyo chempionatida kurash turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar Hilola Ortiqboyeva, yengil atletika bo‘yicha Safina Sa’dullayeva, akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Alisher Turdiyev, Anna Prakatenko viloyat hokimligining tashkkurnomasi va 40 million so‘m pul mukofoti bilan, ularning murabbiylari 10 million so‘m bilan taqdirlandi.

Kumush medalga sazovor bo‘lgan Shaxboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov, Luiza Islomova viloyat xokimligining tashakkurnomasi va 30 million so‘m, murabbiylari 7 million so‘m pul mukofotlarini qabul qilib olishdi.

Bronza medalga sazovor bo‘lgan sportchi Shoxsanam Sherzodovaga 25 million so‘m, murabbiyiga 5 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, to‘rtinchi Para Osiyo o‘yinlari sportning para akademiya turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Xolmurod Egamberdiyev ham viloyat hokimligining tashakkurnomasi va 40 million so‘m, murabiysi 10 million so‘m pul mukofoti bilan, para yengil atletika turi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan Nataliya Semyonova, Otabek Qo‘chqorov 30 million so‘m, murabbiysi 7 million so‘m pul mukofoti bilan, para akademik eshkak eshish turi bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilar Diyora Dodoyeva, Qudratilla Habibullayev, Abdumutal Abdurahmonov, Amalbek Mustafoqulov 25 million so‘m, ularning murabbiylari 5 million so‘m bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!