OpenAI bosh direktori ishdan bo‘shatildi

OpenAI bosh direktori ishdan bo‘shatildi

OpenAI bosh direktori (ChatGPT AI chatbotiga egalik qiladi) Sem Altman o‘z lavozimini va direktorlar kengashini tark etadi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytildi.


Qayd etilishicha, direktorlar kengashi Altman "kengash bilan o‘zaro munosabatlarida har doim ham ochiq bo‘lavermaydi va bu uning o‘z vazifalarini bajarish qobiliyatini cheklaydi”, deb hisoblaydi.

“Biz Semning OpenAI ning asos solishi va rivojlanishiga qo‘shgan ko‘p hissasi uchun minnatdormiz. Shu bilan birga, biz oldinga siljishda yangi rahbariyat zarur deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.

OpenAI 2015 yilda Sem Altman va tadbirkor Ilon Mask tomonidan ishga tushirilgan, lekin uch yildan so‘ng Mask direktorlar kengashidan iste’foga chiqqan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!