Shved millatiga mansub Yoxanna Gizelxyol Sanstryom tatuirovkachi xatoga yo‘l qo‘yganidan so‘ng o‘g‘lining ismini o‘zgartirishga ahd qildi. Ayol uyi yaqinidagi tatu-salonga borib, ustaga qo‘liga farzandlari Nova hamda Kevinning ismini yozdirmoqchi ekanligini aytadi. Master ayol rozi bo‘lib, uning iltimosini ado etadi va muolajadan so‘ng uyga qaytgan Yoxanna o‘g‘li Kevinning ismi qo‘lida Kelvin bo‘lib qolganini bilib qoladi. 30 yoshli Sanstryom bu xatodan xo‘ngrab yig‘lab yubordi. «Yuragim xuddi to‘xtab qolgandek bo‘ldi», — deya tan oladi u.
Shved millatiga mansub ayol salonga qaytgach, usta kulib, endi hech narsa qila olmasligini aytadi. Sanstryom eskizni yaxshilab o‘rganib chiqishi kerak edi. Shu bilan birga u kompensasiyani to‘lab berishga rozi bo‘lib, tatuirovkani o‘chiradigan klinika manzilini berdi. Biroq ayol tatuirovkani butunlay o‘chirib tashlash uchun qancha jarayondan o‘tishi kerakligini bilgach, turmush o‘rtog‘i bilan kelishib, o‘g‘lining ismini Kelvinga o‘zgartirishga ahd qildi.
Yaqinda mazkur juftlikoilasida yana bir qiz farzand dunyoga keldi. Uning ismi Freya. Ona uning ham nomiga tatuirovka chizdirish niyatida, faqat bu safar rasm eskizini diqqat bilan o‘rganib chiqmoqchi.
glavnoe. ua
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.