Omikron inson tanasiga qanday kiradi?

Omikron inson tanasiga qanday kiradi?

Omikron koronavirus shtammi inson tanasiga ko‘z orqali kirishi mumkin, chunki infeksiya belgilaridan biri kon’yunktivitning rivojlanishi hisoblanadi. Bu haqda «DNKOM» molekulyar-genetik tadqiqotlar ilmiy markazi asoschisi va bosh direktori Andrey Isayev ma’lum qilgan.

«Mening shaxsiy kuzatishlarimga ko‘ra, oktyabr oyida delta shtammi bilan kasallangan bemorlar yanvarda yana kasallikka chalingan. Bu omikron bo‘lishi ehtimolga yaqin», degan u.

Isayevning ta’kidlashicha, virus tanaga ko‘z orqali kirishi mumkin, chunki omikron shtammi bilan infeksiyaning belgilaridan biri kon’yunktivitning rivojlanishi, keyin bosh og‘rig‘i va burun oqishi. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda, umuman olganda, delta va omikronning aniq belgilari haqida hali ma’lumot juda kam.

Yunoncha «omikron» harfi bilan belgilangan V.1.1.529 koronavirus shtammi 2021 yilda Afrikaning janubida topilgan. Yangi infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada yangi infeksiya holatlari orasida delta shtammining ulushi 51,9% ni, «omikron» va boshqa shtammlarning ulushi 48,1% ni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!