Oltiariq tumanida tanishini aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltiariq tumanida tanishini aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022 yilning aprel oyida X.Sh tanishi M.A.ning ishonchiga kirib, narxi 7.000.000 so‘mlik «IJ» rusumli mototsiklini sotib olishga kelishgan. Pulini yetti kun muddat ichida berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mototsiklini boshqa shaxsga sotgan hamda pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!