Oliy sud Rashid Qodirovga nega "kam muddat" berilganini izohladi

Oliy sud Rashid Qodirovga nega "kam muddat" berilganini izohladi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nega 10 yilgina qamoq jazosi berilganini Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov sudlanuvchining yoshi (67 yosh) bilan izohlagan. Bu haqda "Zad News" telegram kanali yozmoqda.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 50-moddasi 6-qismida "Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas"ligi yozilgan.

Aziz Obidovga ko‘ra, Qodirovning yoshi oltmishdan oshgani uchun sud unga kam muddat bergan. Bayonotda jazo berilmagan boshqa sudlanuvchilar taqdiri haqida yana ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!