Oliy Majlis deputati jinsiy quvvatni kuchaytiruvchi "dori" vositasini reklama qilmoqda

Oliy Majlis deputati jinsiy quvvatni kuchaytiruvchi "dori" vositasini reklama qilmoqda

Saytimizda "Oliy Majlisning mudroq bosayotgan deputatlari kimlar?.. Yoxud ijtimoiy tarmoqda o‘quvchilarga ega bo‘lmagan deputatlar saylovlarda shuncha odamning ishonchini qanday olgan ekan?" sarlavhali maqola e’lon qilgan edik, deb yozadi rost24.uz.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan bu maqolada deputatlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati haqida mulohazalar berilgan edi. Parlamentdagi 125 nafar deputatdan bor-yo‘g‘i 3-4 nafari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yuritib, faollik ko‘rsatayotgani aytilgan.

Kuzatuvlarimizga ko‘ra, xalq bilan ishlash asosiy vazifasi bo‘lsa-da zamon talabidan kelib chiqib nima uchundir ko‘pchilik deputatlarimiz tarmoqlarda faoliyat yuritmaydi, o‘z sahifalariga ega bo‘lganlari ham juda sust va ijtimoiy faol emas.

O‘razboyev Ural Kamolovich — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Jizzax viloyati 37-Sharof Rashidov saylov okrugidan deputatlikka saylangan.

Deputat feysbuk va telegram ijtimoiy tarmoqlarida o‘z sahifalari ega. Feysbukda 590 nafar o‘quvchisi bor. Feysbukdagi sahifasiga asosan yaqinlarining tug‘ilgan kuni va odatiy tadbirlar haqida postlarni joylab boradi.

Telegramdagi rasmiy sahifasida esa ayni paytga kelib 199 nafar a’zosi bor.

Nazarimizda deputatni ijtimoiy tarmoqlarda faol deb bo‘lmaydi. Mavjud sodir bo‘lgan biror bir voqeilikka yoki jamiyatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘z fikr va qarashlarini, mulohazali munosabatlarini deyarli uchratmaysiz.

Bugungi kunda saylovchilar bilan muloqot qilishda eng ommaviylashgan telegramdagi sahifasini kuzatsangiz ham asosan rasmiy tadbirlarning ko‘chirmasi hamda ayrim shaxsiy suratlar joylangan. Shuningdek, deputatning kanalida jinsiy quvvatni oshiruvchi, tarkibida erkaklar tanasi uchun foydali bo‘lgan jinsiy faoliyatga, davolovchi ta’sir ko‘rsatadi, deya JENSHENni ko‘p bora targ‘ib qilib kelayotganini ko‘rish mumkin xalos.

Rost24.uz axborot sayti Oliy Majlis deputatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini kuzatishda davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!