Olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi dori ishlab chiqishdi

Olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi dori ishlab chiqishdi

AQShda olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi bitta dorini taqdim qilishdi - Larotrectinib preparati yaqin kunlarda sotuvga chiqariladi, deya xabar qilmoqda "Farmasevticheskiy vestnik" nashri.

Ushbu preparatni Loxo Oncology Inc kompaniya mutaxassislari ishlab chiqishdi. Ular ko‘plab saraton xastaligining asosida nodir genetik mutasiya (o‘zgarish) borligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangi dorini sotuvga chiqarish va tatbiq etish Bayer AG kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Larotrectinib preparati yaqinda Amerika dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda onkologiyaga qarshi faol kurash olib borilmoqda. Yosh oyida saraton kasalligiga qarshi dori ishlab chiqarish rejalari ma’lum qilingandi. Har yil mamlakatda 18-19 ming nafar insonga ushbu dahshatli diagnoz qo‘yiladi. Bugungi kunda 100 ming nafarga yaqin kishi davolanmoqda.

Avvalroq Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uyg‘onuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi  ayollarga nisbatan 40-48 % ga kamroq ko‘krak bezi saratoni duchor bo‘lishdan yiroq bo‘lishlarini aniqlashgani haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!