Olimlar: Sahroi kabir dunyoni ochlikdan qutqarishi mumkin

Olimlar: Sahroi kabir dunyoni ochlikdan qutqarishi mumkin

Science jurnalida Merilend va Illinoys universitetlarining amerikalik olimlari tomonidan chop etilgan maqolaga ko‘ra Sahroyi kabirni ulkan vohaga aylantirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu loyiha Yer sharida global isishni sekinlatishi mumkin. Buning uchun sahroda shamol va quyosh fermalarini tashkil etish zarur. Buning oqibatida esa havo namligi va haroratiga ta’sir etuvchi omil paydo bo‘ladi.

Sahroyi kabir muqobil energiya manbaalarini ishlab chiqarish bo‘yicha juda qulay hudud sanaladi. Aholi va imoratlarning kamligi ulkan loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Sahroyi kabirda havo haroratining pasayishi va namlikning oshishi ko‘p miqdorda yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Bu esa mintaqada qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish imkonini yaratadi. Loyiha mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Manba: muslim. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!