Olimlar Markaziy Osiyodagi dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi

Olimlar Markaziy Osiyodagi dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi

Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh va Xitoydan kelgan xalqaro iqlimshunoslar guruhining tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda issiqlik anomaliyalari ko‘lami keskinlashdi. Tadqiqot Science jurnalida chop etilgan.

Global isish tufayli, AQShning janubi-g‘arbiy qismidagi hudud singari, qurg‘oqchil Mo‘g‘ul platosi hosilsiz cho‘lga aylanmoqda.

Maqolada yozilishicha, inson faoliyati iqlimni o‘zgartirmoqda, bu Osiyoning markaziy mintaqasining ekologik tizimiga ta’sir qilmoqda. Bu dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Olimlar 260 yil davomida ignabargli daraxtlarni tahlil qildilar. Buning natijasida issiqlik to‘lqinlarini kuzatishga, tuproq namligi haqida ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. Shunga ko‘ra, so‘nggi yillarda jaziramaning davri keng ko‘lamda o‘sib borayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot hammualliflaridan biri Dalian Chenning Eurekalert’ga aytishicha, issiqlik to‘lqinlari tuproqda suvning katta yo‘qotilishiga olib keladi. Tuproq nam bo‘lganda, undan chiqadigan gazlar havoni sovitadi, namlik bo‘lmaganida esa, issiqlik havoga o‘tadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi iqlimiy vaziyat ortga qaytmas nuqtaga yaqinlashmoqda va ekotizimda halokatli o‘zgarishlar yuz bermoqda, bu esa ba’zi hayvon turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Ushbu iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab iqlim bilan bog‘liq boshqa atmosfera jarayonlariga ta’sir qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!