Olaf Shols ramziy ma’noda Ukraina uchun yangi o‘q-dorilar zavodiga poydevor qo‘ydi

 Olaf Shols ramziy ma’noda Ukraina uchun yangi o‘q-dorilar zavodiga poydevor qo‘ydi

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Quyi Saksoniyadagi ushbu yangi qurol-yarog‘ zavodi qurilishini 2025 yilda yakunlashni rejalashtirmoqda. Zavod yiliga 200 mingtagacha o‘q-dorilarni, shu jumladan Ukrainaga yetkazib beriladigan o‘ziyurar gaubisalarni ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Konsern loyihaga 300 million yevroga yaqin sarmoya kiritish va 500 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan. Zavod qurilayotgan Unterlyus shahri meri Kurt Uilksning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi loyihani to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!