Ogoh bo‘ling: ijro hujjatlari haqidagi xabarlar SMS shaklida boradi

Ogoh bo‘ling: ijro hujjatlari haqidagi xabarlar SMS shaklida boradi

Internet xavfsizligi bugungi raqamli dunyoda muhokama qilinadigan muhim mavzudir.

Majburiy ijro byurosi tomonidan aniqlanishicha, kiberhujumlar ijro hujjatlariga asosan qarzdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham amalga oshirilmoqda.

Fuqaroning «Telegram» messenjeridagi shaxsiy xabarlariga shaxsiy telefon raqamidan qarzdorlik mavjudligi hamda ilova qilingan «MIBuz» nomli dasturni yuklab olish shartligi, aks holda qarzdorlik yana oshib ketishi haqida xabar qo‘shiladi.

Shuni ma’lum qilamizki, qarzdorlik to‘g‘risida xabarlar qarzdorlarga faqatgina SMS xabar orqali hamda «MIB» ko‘rinishidagi akkauntdan yuboriladi. Bundan tashqari Byuroning rasmiy dasturiy vositalari «Playmarket» va «AppStore» rasmiy onlayn ilovalar do‘konlaridan yoki Byuroning rasmiy veb-sayti www.mib.uz joylashtirilgan havola orqali yuklab olish mumkin. Shu bilan birga, har bir qarzdorlikni Byuroning rasmiy veb-sayti orqali tekshirish imkoniyatlari mavjud.

Ogoh bo‘ling! Shaxsiy raqamlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish haqida har qanday xabarlar feyk hisoblanadi va Majburiy ijro byurosi tomonidan yuborilmaydi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash, kiberhujumlarni oldini olish maqsadida o‘zingizga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni rasmiy bo‘lmagan va shubha uyg‘otuvchi platformalarga kiritmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘taman, qarzdorlik haqidagi har qanday ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining “MIB.UZ” rasmiy sayti va Byuroda murojaatlarni elektron qabul qilish markazining «1107» qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

Kiberfiribgarlikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘li bu, fuqarolarimizning huquqiy yoki moliyaviy savodxonligi hisoblanadi. Hozirda, bu kabi firibgarlar ishonuvchan va sodda fuqarolarimizni chalg‘itib, o‘z tuzog‘iga tushirishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!