«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatni yaratmoqda: endi ijtimoiy tarmoqdagi profilingizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri UzCard plastik kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Xizmatning asosiy afzalliklari – pul mablag‘larini qo‘shimcha yoki umuman boshqa ilovalardan foydalanmagan holda o‘tkazish, bozordagi eng kam komissiya haqi va pul operasiyasi uchun bank tomonidan yechib olinadigan mablag‘larning bir qismining qaytarilib berilishi.
Sentyabr 21, 2018 yil Toshkent shahri – Yangi mahalliy to‘lov xizmati yordamida O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqni tark etmasdan turib, mamlakat ichida pul mablag‘larini qulay va tezkor ravishda jo‘natishlari mumkin.
Yangi xizmat tufayli OKning O‘zbekistondagi ikki milliondan ortiq faol foydalanuvchilari (oylik auditoriya, 2018) o‘z yaqinlariga va qadrdonlariga pul o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Pul o‘tkazish xizmati viloyatdan qat’iy nazar va ijtimoiy tarmoqning taqdim etilgan barcha versiyalarida (mobil, desktop, Android va IOS uchun ilovalar) mavjuddir. Xizmatda pul o‘tkazmalari tarixini ko‘zdan kechirish imkoniyati mavjud bo‘lib, kartalar raqamlarini saqlab qo‘yish (har safar yangidan kiritmaslik uchun), hamda bajarilayotgan operasiyalarning holati to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Boshqa pul o‘tkazmalari xizmatlari oldidagi yana bir afzalligi – bu o‘xshash xizmatlar orasida eng kam komissiya haqi – 0,5% dan 1% gacha (bank-emitentga bog‘liq). Bundan tashqari OK foydalanuvchilari bank tomonidan pul o‘tkazmasi uchun olingan haqlarning bir qismini qaytarib olish imkoniyatiga egadirlar. Masalan, 1% lik komissiya haqi uchun keshbek 0,1% ni tashkil etib, bonus «Keshbek-karta»siga o‘tkaziladi. Yig‘ilgan pul mablag‘lari 5000 so‘mdan oshgan vaqtda foydalanuvchi yig‘ilgan pullarni «Keshbek-karta»sidan o‘tkazishi mumkin.
Qanday qilib OK profilingiz orqali pul mablag‘larni kartadan kartaga o‘tkazishingiz mumkin
UzCard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazish uchun To‘lovlar va obunalar bobiga kirish lozim bo‘ladi, UzCard Pul o‘tkazmalari xizmatiga o‘tib quyidagilarni kiritish zarur:
O‘z kartangiz rekvizitlari – kartaning old tomonidagi 16 raqamli karta raqami, amal qilish muddati (oy va yil);
Oluvchining karta raqami;
Pul o‘tkazmasi summasi.
O‘tkazma amalga oshirilganidan so‘ng jo‘natuvchi OKdagi shaxsiy xabar orqali operasiyaning muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risida bildirishnoma oladi. Agar pul o‘tkazmasini oluvchi shaxs o‘z bank kartasini ijtimoiy tarmoqdagi profiliga oldindan bog‘lagan bo‘lsa, unda tizim uning akkauntini avtomatik ravishda tanib oladi va unga ham kartaga pul mablag‘larining tushganligi haqida bildirishnoma yuboradi.
OK platformasida UzCard kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari – O‘zbekistondagi «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘idagi to‘lov xizmatlarining rivojlanishiga qo‘yilgan ilk qadamdir. Kelgusi davrda OK tomonidan yana bir necha xizmatlarning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, bular o‘z navbatida O‘zbekistonliklarga qulay va tezkor holda pul mablag‘larini o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini tug‘diradi.
2016 yildan boshlab OK o‘z foydalanuvchilari uchun ijtimoiy tarmoq ichida ketma-ket ravishda moliyaviy xizmatlarni rivojlantirib kelmoqda. 2017 yilda Qozog‘istonda pul o‘tkazmalari xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi, hamda Rossiyadan boshqa davlatlarga pul o‘tkazmalarini jo‘natish ishga tushirilib, ilk marotaba chet el bozoriga chiqish amalga oshirildi.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.
2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.
Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.
Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.