“Odnoklassniki” orqali diniy aqidaparastlikni targ‘ib qilgan erkakka hukm o‘qildi

“Odnoklassniki” orqali diniy aqidaparastlikni targ‘ib qilgan erkakka hukm o‘qildi

E.B 2012 yilda Internet jahon axborot tarmog‘ining “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida “E.B” profilini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, mazkur profil orqali virtual do‘stlari bilan suhbatlashib, Abdulloh Buxoriyning “Demokratiya bu kufr.mp4” nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videofaylni, Obid Nazarovga tegishli, yurtimizdagi an’anaviy islomga zid fikrlarni tarqalishida, dindorlar o‘rtasida islom asoslariga nisbatan turli ixtiloflarni yuzaga keltirib chiqaruvchi “qiyomat alomatlari.mp4” nomli diniy ma’ruzasini hamda “Mard yigitlar nashida, klass bosilar Musulmonlar ko`rsin.mp4” nashida-qo‘shiq fuqarolarda turli ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga nisbatan xayrixohlik uyg‘otishi mumkinligi, ushbu diniy-ekstremistik materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, tarqatish va horijdan olib kirish taqiqlangan diniy-ekstremistik videofayllarga  “Klass” belgisini bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatib kelgan. 2012 yildan buyon Internet jahon axborot tarmog‘ining “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida “E.B” nomli bilan profil yaratganligini, mazkur profildan hozirgi kunga qadar o‘zi foydalanib kelishini, 2019 yil mart oyida mazkur profilida ishlashi davomida “Obidxon qori qiyomat alomatlari”, “Mard yigitlar nashida klass bosilar, Musulmonlar ko’rsin”, “Abdulloh Buhoriy Demokratiya bu kufr” nomli diniy mazmundagi videofayllarni eshitib, profildan faqat o‘zi foydalangan.

E.B O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2441-moddasi 3-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorov tomonidan  E.Bga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2441-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!