Odamlarning 98% daho bo‘ladi, ammo maktab va jamiyat ularni ahmoq qilib ko‘yar ekan...

Odamlarning 98% daho bo‘ladi, ammo maktab va jamiyat ularni ahmoq qilib ko‘yar ekan...

Barcha insonlar tug‘ilishganda genial bo‘lishadi. Har holda, psixologlar shunday deb hisoblashadi. Insonning imkoniyatlari cheksiz, ularning salohiyati nihoyatda yuqori bo‘ladi. Ammo yosh o‘tgan sayin hamma narsa o‘zgarib boradi.

Tajriba

Kunlardan bir kun, psixologiya fanlari doktori Jorj Lend NASA dan buyurtma oladi. Mashhur agentlik unga maxsus testni ishlab chiqish vazifasini topshiradi. Test yordami bilan maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy salohiyat qanday ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi. Psixolog bu vazifani uddalaydi, ammo natijasi hayratomuz bo‘ladi. Ya’ni, shunchalik darajadaki, eng qizig‘i buyuritmachi hayratga tushib, testni qabul qilishdan bosh tortdi va u bilan birga natijalarini ham. Psixologlar tadqiqotni 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ustidan o‘tkazgan edilar.

Bolalar eng oddiy vazifalarni turli yo‘llar bilan hal qilishlari kerak edi. 1600 nafar o‘g‘il va qizlar bolalarning 98 foizi haqiqiy daho ekanligi ma’lum bo‘lgan. Psixologlar bu ajoyib hodisaga qiziqib qoladilar va xuddi shu bolalarda tajribani takrorladilar, ammo bu safar ular 10 yoshgan to‘lganida keyin, ularni bir joyga to‘plashib, yana testdandan o‘tkazdilar. Natija psixologlarni hayratda qoldirdi. Bu safar sinovdagilarning uchdan bir qismigina eng yuqori toifaga loyiq bo‘lib chiqadi.

NASA yana tadqiqotga qiziqish bildiradi. Mutaxassislarga yana test o‘tkazish buyuriladi, faqat endi o‘sha bolalar 15 yoshga to‘lguncha kutishlari kerak edi. Bu safar o‘smirlarning 12 foizi eng yuqori toifaga loyiq ekanligi ko‘riladi.

Tinib-tinchimagan NASA yana 5 yil kutishdan ham erimadi. Endi kattalarni sinovdan o‘tkazishga qaror qiladi va natijaga ko‘ra ularning orasidan atigi 2% daholar bo‘lib chiqadi.

Sababi nima

Taniqli ekspert Ken Robinsonning ta’kidlashicha, maktablar ijodkorlikni barbod qilishi mumkin ekan. Bir so‘z bilan, yumshoq qilib aytganda, o‘quv muassasasi odamlarni aqilli qilolmas ekan.

Hamma gap shundaki, yosh bolalar xato qilishdan qo‘rqishmas ekan. Ular juda ko‘p original va g‘ayrioddiy narsalarni o‘ylab topishga qodir bo‘lar ekanlar. Yoshi ulg‘aygan sayin bolada qo‘rquv ko‘proq paydo bo‘lishni boshlar ekan. Bolalar o‘zini qobiliyatini namoyish qilishdan, ikki baho olishdan qo‘rqishni boshlar ekan. Keyinchalik, ular universitetdan haydalishidan va undan keyin ishdan bo‘shatilishidan qo‘rqishar ekan. Mutaxassisning ishonchi komilki, maktab insondagi mavjud daholik sifatini yo‘qqa chiqaradi.

Kim aybdor

Darhaqiqat, tadqiqotchilarni ishonchi komilki, bularning barisiga hukumat aybdor ekan. Bu a ynan hukumatning makkor buyrug‘i. Ba’zi bir davlatlar uchun yuqori savodli daholarning bo‘lishi foydali emas ekan. Hukumat tepasidagilarga faqat ishchilar sinfi kerak bo‘lib, ularning vazifasi faqat mehnat qilishdan iborat bo‘ladi.

Chiqish yo‘li bor

Mutaxassislar har bir kishi hammasini o‘zi to‘g‘irlashi mumkinligiga ishontirishmoqda. Daholikdan odamlarni mahrum qilish bloki qaysi payt ishlashini tushunish kifoya qiladi va keyin o‘sha blokni aylanib o‘tishga harakat qilinadi. Ushbu sohadagi tadqiqotlar hozirga qadar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!