Obid Asomov hamda Dilnoza Kubayeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda

Obid Asomov hamda Dilnoza Kubayeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda

Obid Asomov hamda Dilnoza Kubayeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov o‘zining instagram’dagi sahifasida ma’lumot qoldirdi.

Yaqinda Hindistonlik kinochilar mamalakatimizga kelib, yangi bir kinoni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi va filmlariga o‘zbek aktyorlarini, shu jumladan meni va jondan aziz singlim Dilnoza Kubayevani, Muqaddas Xoliqovani chaqirishdi. Buxoroyi sharifga tezyurar poyezdda gir etib borib, suratga tushib yana gir etib qaytib keldik. Poyezdda qilingan mehmondorchilik uchun «Afrosiyob» jamoasiga alohida rahmat. Poyezdlar hamisha shunaqa uchib yursin, tagidan shamol o‘tib turaversin.

Manba: xs.uz

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!