OAV: Pokiston bu haftada Rossiyadan import qilinadigan xom neftning yarmini oladi

OAV: Pokiston bu haftada Rossiyadan import qilinadigan xom neftning yarmini oladi

Pokiston shu hafta Rossiyadan import qilinadigan 100 ming tonna xom neftning yarmini oladi.

Goe News agentligining Pokistondagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib xabar berishicha, Rossiya Federasiyasidan 100 ming tonna xom neft bo‘lgan tanker 7 iyun kuni Ummondagi Duqm portiga keladi. Keyin neft kichik kemalar orqali Karachidagi Port-Qosim portiga yetkaziladi.

11 iyunda Karachiga 50 ming tonna xom neft yetkazib berilishi kutilmoqda.

Rasmiyning ta’kidlashicha, yetkazib berish muddatlaridagi kechikishlar logistika qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Shu bilan birga, u xom neft Pokistonga mutlaqo xavfsiz yetkazib berilishiga ishontirdi. Pokiston neft narxini Xitoy banki orqali yuanda to‘laydi.

Pokiston xom neftining 70 foizini import qiladi. Xorijdan keltirilgan xomashyo neft qayta ishlanib, mamlakat ehtiyojlariga mos ravishda foydali mahsulotlarga aylanadi.

Islomobod asosan BAA, Saudiya Arabistoni va Quvaytdan xom neft import qiladi. Neft narxining global o‘sishi ortidan Pokiston xom neft import manbalarini diversifikasiya qilishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!