OAV: Nikol Pashinyan AQSh yordamida Janubiy Kavkazda keskinlikni kuchaytirdi

OAV: Nikol Pashinyan AQSh yordamida Janubiy Kavkazda keskinlikni kuchaytirdi

“Janubiy Kavkazda keskinlik qasddan, maqsadli va rejali tarzda yaratilmoqda. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSh yordamida keskinlikni kuchaytirmoqda. Armaniston armiyasi birodarlarimiz Ozarbayjonga qarshi sharmandali hujumlarini tezlashtirmoqda, AQSh va Armaniston qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda”.

Bu haqda Tukiyaning “Takvim” gazetasi yozdi, deb yozadi “Report” .

Maqolada aytilishicha, Yerevan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston hududiga kirsa hibsga olinishini da’vo qilib, tanqidiy chegarani bosib o‘tmoqda. “Xo‘sh, nega AQSh Pashinyanni o‘ta xavfli yo‘nalishga olib bormoqda? Vashington Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Putin o‘rtasidagi ittifoqqa hasad qiladi va bu ittifoqdan xavotirda. Erdog‘an AQShga tashrifi boshida Istanbul ayeroportida juda muhim bayonot berdi: “Biz Turkiya sifatida Qorabog‘ masalasida to‘rt tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qildik. Putin, Aliyev, men va Pashinyan, keling, to‘rtlik bo‘lib uchrashaylik”.

Maqolada N.Pashinyan hozirda AQSH-G‘arb bilan o‘ynashga urinayotgani ta’kidlanadi: “Erdog‘anning taklifi yangi yo‘l ochishdir. AQSh NATO eshiklarini Armanistonga ochib, Rossiyaga bosim o‘tkazmoqchi. Ammo Rossiya Pashinyanning AQSh bilan munosabatlariga ko‘z yumadimi? U hech qachon ko‘z yummaydi”.

Maqolada 2021-yil 15-iyun kuni Shushada Ozarbayjon va Turkiya prezidentlari Ilhom Aliyev va Erdo‘g‘on qo‘shma deklarasiyani imzolagani qayd etilgan: “Erdog‘an bu borada katta qadam tashladi. Anqara 18-30-sentyabr kunlari AQSh va Armaniston o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarga javoban “Kavkaz burguti” qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Xuddi shu sanalarda Turkiya va Pokistonning “Abadiy birodarlik – II” mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Gazeta, 44 kun davom etgan Qorabog‘ urushining ham Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarida, ham Turkiyaning Janubiy Kavkaz siyosatida muhim burilish nuqtasi bo‘lganini yozdi: “Prezident Erdo‘g‘an, Janubiy Kavkazning strategik ahamiyati ortib borayotganini ko‘rib, geosiyosiy va geoiqtisodiy qadamlar qo‘ymoqda. Turkiya-Ozarbayjon ittifoqi Janubiy Kavkazda ham muhim dinamikani o‘zgartiradi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!