O‘zLiDeP: Yangi O‘zbekiston – yangicha boshqaruv

A A A
O‘zLiDeP: Yangi O‘zbekiston – yangicha boshqaruv

Partiya uchun yangi O‘zbekiston – shaxs, biznes va xususiy sektorning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan professional parlament faoliyat ko‘rsatayotgan va “Inson davlat uchun emas, davlat inson uchun” tamoyili amal qilayotgan mamlakatdir.

Parlamentarizmni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, xalq hokimiyatini yanada kuchaytirish bu boradagi partiyaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zLiDeP parlament saylovlarida g‘alaba qozongan partiya nafaqat Bosh vazir nomzodini, balki parlament quyi palatasi Spikeri nomzodi, Hukumat tarkibini taklif etishi, saylovlarning proporsional tizimiga o‘tish, hokimiyat organlarining hisobdorligini va ochiqligini ta’minlash maqsadida jamoat va parlament nazorati to‘g‘risidagi qonunlarni zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirish, qonun ijodkorligi borasidagi faoliyat sifatini tubdan oshirish, qonunchilik bazasini tizimlashtirish va qonunosti hujjatlari sonini keskin qisqartirish, qonun ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash, “qonunning yagona manbai va muallifi xalq ekan, qonunlar inson va jamiyat hayotini yaxshilash, erkinlashtirish uchun qabul qilinadi”, degan olijanob g‘oyani hayotga joriy etish kabi g‘oyalarni ilgari surmoqda.

Partiya bu borada bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ishlaydigan qonunlar kerak va qonunosti hujjatlari bilan umummajburiy normalar belgilashni to‘xtatish zarur, degan qat’iy pozisiyani yoqlaydi.  Shuning uchun partiya normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonida keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash hamda jamoat tashkilotlarining bu boradagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlarning jamoat muhokamasini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni taklif etmoqda.

Bundan tashqari partiya xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirish, ularning vakolatlarini kengaytirish, eng muhimi, mazkur tuzilmalarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, real daromadlarning barqaror o‘sishi, turmush darajasi va sifatini oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish hamda nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish. Biz xalq vakillik organlarining fuqarolar uchun ochiqligini ta’minlash, “Elektron parlament” va “Elektron xalq deputatlari kengashi” kabi konsepsiyalarni hayotga izchil tatbiq etish tarafdoridir.

Partiya dunyoning davlat boshqaruvi sifati yuqori darajaga ega, axborot-kommunikasiya texnologiyalari keng joriy etilgan 30 ta davlati qatoriga O‘zbekistonning kirishiga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Davlat xizmati  bu – fuqarolarning professional xizmat faoliyati, unda o‘z kasbining ustalari ishlashi shart, degan pozisiyamizda qattiq turamiz.  Bu – davlat boshqaruvi tizimining samarali va sifatli faoliyat yuritishi, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash garovidir!

Ayni paytda bu borada anchagina kamchilik va nuqsonlarimiz mavjudligi hammaga ayon, ayrim davlat hokimiyati vakillarining u yoki bu masaladagi “qovun tushirish” holatlari haqida ko‘p va xo‘p gapirildi, bu vaziyat OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shuning uchun partiyamiz menejmentning zamonaviy usullarini va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, autsorsing dasturlarini amalga oshirish, davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, yangicha tafakkurga ega, boshqaruvning innovasion, yanada moslashuvchan modellarini, jumladan, loyiha modelini (Agile, Scrum, Kanban, PRINCE2 va boshqalar) ishlab chiqish va joriy etishga layoqatli yetuk mutaxassislar, siyosiy partiyalar, xususiy sektor vakillarini, kuchli xorijiy ekspertlarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi kadrlar siyosatini amalga oshirish,  ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qoidalarining to‘liq va samarali amalga oshirilishi, hukumat, davlat institutlari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatining barqarorligi va samaradorligi, davlat xizmatlarining sifati va tezkorligini ta’minlash, barcha davlat xizmatlarini BPR (Business process reengineering – biznes jarayonini qayta tashkil etish) tizimi asosida soddalashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etish, “bir oyna” tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini kengaytirish, O‘zbekistonning izchil innovasion va texnologik rivojlanishini ta’minlash maqsadida ushbu sohaning boshqaruv tizimini takomillashtirish g‘oyalarini ilgari suradi.  Partiya davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investisiyalarni jalb etish, byudjet mablag‘lari tasarruf qilinishining shaffofligi, davlat mulkidan foydalanishning samaradorligi va maqsadliligi kabi muhim ko‘rsatkichlar asosida baholaydi.

Partiya hozirgi axborot jamiyati shakllanishi sharoitida, axborot va bilimlar taraqqiyotning strategik omiliga aylangan bir davrda mamlakat rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikasiya va “raqamli” texnologiyalar jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga qanchalik joriy etilgani bilan bog‘liq deb biladi.

Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida  axborot texnologiyalari, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Masalan, AQShdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pisseriyalarga autsorsing bo‘yicha texnologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Texnoparkning bu kabi xizmatlari arzonligi, sifati qolishmasligi bilan xorijliklarga ma’qul bo‘lmoqda. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida bu yerda yana yettita lotda qurilish qilinib, IT-ofislar, biznes markazi, mehmonxona va boshqa binolar barpo etish rejalashtirilgan. Texnoparkda yillik ishlab chiqarish quvvati 2020 yilda 10 million dollardan ortishi, 2025 yilda esa 100 million dollarga yetishi ko‘zda tutilgan. Umuman olganda yurtimizda kelgusi 5 yil ichida dasturiy mahsulotlar eksportini 10 barobarga oshirish, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi axborot texnologiyalari sektorining ulushini kamida 4 foizga ko‘tarish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, «Big data», ya’ni katta hajmli ma’lumotlarga ishlov berish va «narsalar interneti», aqlli videokuzatuvlar va jamoat joylarida monitoring tizimini joriy etishni o‘z ichiga olgan «aqlli» va «xavfsiz» shaharlar texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.  Xususan shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistondagi ilk aqlli mehmonxonalar Tashkent Cityda joylashgan yangi Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi ish boshladi. Ushbu zamonaviy binolarda boshqarishning turli vositalarini – kirish/chiqish, isitish va ventilyasiya tizimlarini birlashtiruvchi to‘liq integrasiyalashgan, kiberxavfsiz, bulutli boshqarish tizimi (BMS) o‘rnatilgan. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida butun respublika bo‘ylab yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini videoqayd etish, turar-joy binolari va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarning xavfsizligini monitoring qilish, avtoturargohlar va to‘xtash joylarini tartibga solish kabi ishlar olib borilmoqda. Yaqinda esa O‘zbekiston va BAA ixtisoslashtirilgan onlayn portal orqali aholiga bepul masofaviy ta’lim olish imkoniyatini beruvchi «Bir million o‘zbek dasturchisi» (One Million Uzbek Coders) loyihasini ishga tushirib yuborishdi. Dasturning asosiy maqsadi – raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar avlodini tayyorlash va dasturlash bo‘yicha ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berishdir.

Shuning uchun partiya ushbu yo‘nalishda “Raqamli O‘zbekiston 2030” dasturini joriy etish, “katta ma’lumotlar” (“Big data”), “blokcheyn”, “aqlli”, “xavfsiz” shahar, “internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ushbu asosda mamlakat YAIMning 30 foizga o‘sishi hamda yurtimizning “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash, mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish va internet xizmatlari narxini pasaytirish, tashqi internet kanallari orqali internet trafiklari sotib olish va mamlakatga tarqatish bo‘yicha monopollashuvga yo‘l qo‘ymaslik, aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish, ortiqcha sansalorlik va byurokratizmning oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” konsepsiyasini izchil amalga oshirish,  davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining axborot resurslari va texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirish, sohada davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini rivojlantirish, xususan, davlat kadastri ishlarini yuritishning to‘liq raqamlashtirilishini ta’minlash va mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini soddalashtirish kabi bir qator kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni  taklif etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.