Nukus voqealari bosh aybdorining ishi apellyasiyada ko‘riladigan bo‘ldi

Nukus voqealari bosh aybdorining ishi apellyasiyada ko‘riladigan bo‘ldi

2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan 2023 yil 31 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi e’lon qilingan.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov, P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokimbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayipov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan apellyasiya shikoyati kiritilgan bo‘lib, prokuratura tomonidan mazkur sud hukmining sudlanuvchilar L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan protest keltirilgan.

Jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi kiritilgan shikoyatlar va keltirilgan protestga asosan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyasiya tartibida ko‘rib chiqiladi.

Apellyasiya instansiyasi sudining jinoyat ishini ko‘rib chiqishi sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!