Norvegiya hukumati Ukraina energetika tizimini ta’mirlash uchun 100 mln dollar ajratadi

Norvegiya hukumati Ukraina energetika tizimini ta’mirlash uchun 100 mln dollar ajratadi

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore mamlakat hukumati Ukraina energetika infratuzilmasini tiklash uchun 1,1 milliard Norvegiya kronasini (103 million dollar) ajratishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qish mavsumi boshlangunga qadar barqaror elektr ta’minotini tiklash zarur.

“Biz Ukraina bilan bu mablag‘lardan qanday samarali foydalanishi borasida yaqindan muloqot qilamiz. Ukrainaliklarning o‘zlari nima kerakligini hammadan yaxshiroq tushunadilar. Ammo qish boshlanishidan oldin infratuzilmani tiklash ishlarini imkon qadar tezroq boshlash kerak. Norvegiya ushbu yangi mablag‘ qisman zararni yumshatib, Ukrainani elektr ta’minotini ta’minlashiga umid qilmoqda”, — deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

Jonas Gar Styorening qo‘shimcha qilishicha, taxminan 11 million dollar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturiga (UNAIDS) yo‘naltiriladi. Pul Xarkov viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan energetika infratuzilmasini tiklashga sarflanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar viloyatdagi yettita shifoxonadagi tug‘ruqxonalar va operasiya bo‘limlarini elektr ta’minotini tiklash imkonini beradi.

Norvegiya bosh vaziri, shuningdek, 2023 yilda mamlakat hukumati Ukraina energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 179 million dollar ajratganini aytib o‘tdi.

Jonas Gar Styore Ukrainadagi mojarolarni hal qilish bo‘yicha konferensiyada ishtirok etmoqda. Yig‘ilish avvalida AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris energetika tizimini tiklash uchun Ukrainaga 1,5 milliard dollar ajratilishini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!