Noma’lum shaxs 20 nafar maktab o‘quvchisini yaraladi

Noma’lum shaxs 20 nafar maktab o‘quvchisini yaraladi

Noma’lum kishi Pekin shahridagi Ksicheng mavzusida joylashgan boshlang‘ich maktablardan biriga bostirib kirib 20 nafar o‘quvchiga jarohat yetkazdi, deb xabar qilmoqla Russia Today Xitoyning CGTV telekanaliga asosan.

Xitoyning People s Daily nashri xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs hisbga olingan. Jarohatlangan o‘quvchilar shifoxonaga joylashtirilgan. Jinoyatchi qanday quroldan foydalangani va ushbu jinoyatning motivlari hozircha xabar qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Xitoydagi bolalar bog‘chalaridan biringa oshxona pichog‘i bilan qurollangan ayol hujum qilib 14 ta bolaga jarohat yetkazgan edi. 2017 yilning yanvar oyida ham shunga uxshagan jinoyat sodir bo‘lgan, unda jinoyatchi 11 nafar bog‘cha bolalariga jarohat yetkazgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!