Nochor oilada ulg‘ayib, iste’dodi ortidan Forbes va Ginnes rekordidan o‘rin olgan Britni Spirs

A A A
Nochor oilada ulg‘ayib, iste’dodi ortidan Forbes va Ginnes rekordidan o‘rin olgan Britni Spirs

Pop yo‘nalishi ijrochisi, raqqosa, qo‘shiqlar muallifi, aktrisa va Gremmi mukofoti sovrindori Britni Spirs  38 yoshga to‘ldi.

Britni 1981 yilning 2 dekabrida Missisipi shtatining Makkomb shahrida tug‘ilgan. Onasi maktab o‘qituvchisi, otasi oshpaz bo‘lgan Britnining bolaligini baxtli o‘tgan deb bo‘lmaydi. Alkogolga ruju qo‘ygan otasining ko‘z o‘ngida onasini kaltaklaganini ko‘rib ulg‘aygani, ruhiy jarohatlar uning bugungi kunda sariq matbuot uchun shov-shuvli mavzuga aylangan psixologik depressiyalari sabablaridandir balki…

Forbes’ning eng boy ayollari ro‘yxatida yetakchi bo‘lgan qo‘shiqchining bolaligida oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgani, ba’zida yegulik va uni xarid qilgani mablag‘ bo‘lmaganiga ishonish qiyin bo‘lsa ham bu haqiqat. Onasi Linn bu nochor vaziyatdan chiqish uchun qizlaridan umid qilgan va ularni turli kasting va tanlovlarga olib borgan.

Onasi barcha mahalliy tanlovlarda ishtirok etib bo‘lgan Britnini Atlantadagi mashhur «Mikki Maus klubi» nomli televizion shouga olib boradi va aynan ushbu shou uning karyerasining boshlanishi bo‘lgan. 8 yashar Britni Disney kanalidagi «Mikki mausning yangi klubi» shousining eng kichik ishtirokchisi bo‘ladi va u yerda bo‘lajak yulduzlardan Kristina Agilera va Jastin Timberleyk bilan tanishadi.

Keyinchalik Britni Manxettendagi Professional Performing Arts School’da aktyorlik mahoratidan ta’lim oladi. 1992 yilda, 10 yashar bo‘lajak yulduz Star Search (yulduzni izlab) nomli tanlovda g‘alaba qozonadi. 1998 yillar Spice Girls va Backstreet Boys singari  yigit va qizlardan iborat guruhlar modada bo‘lgan vaqtda Jive Records leybli Britnida katta salohiyatni ko‘radi. Bo‘lajak yulduz Backstreet Boys’ning prodyusseri bo‘lgan Maks Martin bilan tanishgach, Baby one more time albomini yozish uchun 4 oyga Shvesiyaga ketadi va u yerdan haqiqiy yulduz bo‘lib qaytadi.

Aslida Britni kattaroq yoshli tinglovchilarga mo‘ljallangan, Sheryl Crow singari  gitara chalib, mualliflik qo‘shiqlarini  ijro etishni rejalashtirgandi. Lekin prodyusserlari uni yosh tinglovchilar kumiriga aylanishini istadi. Sahnada pop-ritmni yaxshi his qilishi, vokal va raqs imkoniyatlari yuqoriligi prodyusserlar tanlovi to‘g‘ri bo‘lganini isbotlaydi.

Uning jarangdor ovozi, uslubi va raqsga tushishi muxlislar qalbidan joy ola boshladi. Shundan keyin Britni o‘nlab qo‘shiqlarni tinglovchilar e’tiboriga havola etdi. Qo‘shiqchining 1999 yildagi debyut Baby one more time albomi uni dunyoga tanitdi. 5 ta muvafaqqiyatli xitni o‘z ichiga olgan albom, katta rezonanslarga sabab bo‘ldi. Suratlari jurnal va gazetalar muqovasidan «Yil yangiligi» sifatida joy oldi, radio va televideniyedagi musiqiy chartlarni Britnisiz tasavvur qilib bo‘lmasdi. The Daily Yomiuri nashri  uni «O‘smirlar orasidagi eng iste’dodli qo‘shiqchi» sifatida e’tirof etgan bo‘lsa, Rolling Stone jurnali «Rok-n roll qirolichasi» deb atadi.

2000 yilda muxlislar e’tiboriga havola etilgan Oops!...I Did it Again albomi Britnining Pop yulduz sifatidagi mavqeyining yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. 2001 yilda Britney nomli ikkinchi albom, oradan 2 yil o‘tib, uchinchi — In the zone albomi chiqarildi va albomdan o‘rin olgan Toxic singili uchun qo‘shiqchi Gremmi mukofotiga loyiq topildi.

Greatest Hits: My Prerogative qo‘shiqlar jamlanmasi 2004 yilda, Blackout albomi 2007 yilda chiqqan bo‘lib, undagi Gimme More qo‘shig‘i butun dunyoda xit bo‘lgan. Piece of me qo‘shig‘i bir vaqtning o‘zida «Eng yaxshi pop qo‘shiq», «Eng yaxshi ayollar videosi» va 2007 yilning «Eng yaxshi videosi» deb topilgan. 2008 yilda Britni yangi Circus albomini chiqaradi va undagi Womanizer singili Amerikaning eng mashhur qo‘shiqlaridan tuziladigan Billboard Hot 100 xit-paradida yetakchilik qilgan. Shundan keyin uning The  Singles collection, Femme Fatale, Britney Jean albomlari chiqqan.

Amerikaning ovoz yozish kompaniyalari assosiasiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Spirsning albomlari butun dunyoda 100 milliondan ortiq, plastinkalari 200 milliondan ortiq sotilgan. Debyut albomi bo‘lgan Baby one more time 30 million, Oops!...I Did it Again esa 26 million nusxada sotilgan bo‘lib, ilk haftada birgina AQShning o‘zida 1 319 193 nusxada sotilib, Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan. Mana shu ikki albomdan keyin Britni so‘nggi 10 yilda eng ko‘p qo‘shiqlari sotilgan qo‘shiqchi, 2012 yilda  Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan qo‘shiqchisi deb topilgan.

Spirs nafaqat qo‘shiqchi, balki aktrisa sifatida ham yaxshi ma’lum. U bir qancha televizion shou va dasturlarda ishtirok etgan. 2002 yildagi «Chorraha» filmida u bosh rolni ijro qilgan. 2008 yilda u haqida biografik film suratga olindi. 2018 yilda yana bir bor Forbes’dan o‘rin olgan qo‘shiqchining yillik daromadi 30 million dollarni tashkil qiladi. 2019 yilda Britnining B10 deb atalishi tahmin qilinayotgan albomi chiqarilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Zo'r TV telekanali 7-aprel kuni Chempionlar ligasining qaysi o‘yinini jonli translyasiya qiladi?

Европа чемпионлар лигасининг чорак финал босқичи доирасида бўлиб ўтадиган ўйин Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Mujtabo Xominaiy hushsiz holatda va Eronni boshqara olmaydi

Нашрнинг ёзишича, бу АҚШ ва Исроил ҳарбий операцияси бошлангандан бери Хоминаийнинг қаерда эканлиги ҳақидаги биринчи очиқланган маълумотдир.

Eron AQShning USS Tripoli hujum kemasiga hujum qildimi?

Бу ҳақда АҚШ Марказий қўмондонлигининг ижтимоий тармоқ саҳифаси эълон қилинган баёнотида айтилган.

Eron raketalarining Isroilga zarba berish samaradorligi keskin oshdi

JP Morgan ва Урушни ўрганиш институти (ISW) маълумотларига кўра, бу 3 фоиздан 27 фоизгача кўтарилган.

Eron AQSh prezidentining yangi tahdidlariga javob qaytardi

Трампнинг таҳдидлари ва АҚШнинг Харг оролига берган зарбаларидан сўнг, Эрон Яқин Шарқдаги нефт-газ ва энергетика инфратузилмасини бутунлай йўқ қилиш ҳамда Боб ал-Мандеб бўғозини ёпиш билан таҳдид қилди

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.