Nijegorodda 1 oktyabrdan patent berish to‘xtatildi

Nijegorodda 1 oktyabrdan patent berish to‘xtatildi

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi 1/11198-sonli farmoyishiga asosan, joriy yil 1 oktyabrdan boshlab Rossiya Federasiyasi hududiga vizasiz davlatlar, shu jumladan O‘zbekistondan kirib kelgan fuqarolarga Nijegorod viloyati hududida ishlash huquqini beruvchi patent berilishi 2025 yil 1 martga qadar to‘xtatildi.

Ushbu hududda avval patent olgan fuqarolar mehnat faoliyatini davom ettirishi va zarurat tug‘ilganda mazkur hujjatni qayta rasmiylashtirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!