Nigeriya elektr energiyasidan butkul uzildi

Nigeriya elektr energiyasidan butkul uzildi

Nigeriyada elektr energiyasi tizimida ommaviy uzilish yuz berdi. Mamlakatning deyarli butun aholisi - 200 milliondan ortiq kishi elektr energiyasisiz qoldi. Energetika kompaniyalari buni «tizimning to‘liq qulashi» deb nomladi.

Mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish nolga tushdi, deb xabar berdi Reuters. Keyinchalik u qisman tiklandi, lekin odatdagidan ancha past darajada bo‘lib qoldi.

Uzilish Nigeriyaning barcha 36 shtatida va poytaxt Abujada sodir bo‘lgan.

Nigeriyada muntazam ravishda elektr uzilishlari kuzatiladi. 2022 yilda bu to‘rt marta sodir bo‘lgan.

Shu bilan birga, Nigeriya — energiya resurslarining asosiy ishlab chiqaruvchisi. Ushbu davlat OPEK a’zosi bo‘lib, dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega 10 ta davlatdan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!