Niderlandiya kuzda Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi mumkin

Niderlandiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yuborgan birinchi davlatga aylanishi mumkin.
Bu haqda Politico gazetasi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisi Yuriy Sakga asoslanib xabar berdi.
Shu bilan birga, Yevropada birinchi yetkazib berishlar kuzda amalga oshirilishi ham istisno qilinmaydi.
"Men shunday deb o‘ylayman", dedi Markaziy Yevropadagi yuqori martabali mudofaa amaldori.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)