Niderlandiya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun 2 yil vaqt sarfladi

A A A
Niderlandiya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun 2 yil vaqt sarfladi

Intellektual mulk ob’ektlariga huquqiy muhofaza taqdim etish Intellektual mulk agentligi faoliyatining asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, deyiladi agentlik xabarida. Agentlik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun milliy talabnoma beruvchilar bilan bir qatorda xorijiy talabnoma beruvchilardan ham talabnomalarni qabul qiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan intellektual mulk ob’ektlariga talabnoma beruvchilarga muhofaza hujjatlari beriladi. Muhofaza hujjati orqali taqdim etilgan huquqlar talabnoma beruvchining milliy yoki xorijlik ekanidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida muhofaza qilinadi va himoyalanadi.

Bunga misol tariqasida xorijlik patent egasi— AQShning Merck & Co., Inc nomli kompaniyasiga qarashli Merck Sharp & Dohme Corp. sho‘’ba kompaniyasi (Niderlandiya) huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud ishlari keltirib o‘tildi.

Agentlik tomonidan Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasi nomiga JANUVIA tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tovar belgisi «farmasevtik preparatlar» sinfiga kiritilgani to‘g‘risidagi topshirilgan guvohnoma orqali mazkur kompaniyaga huquqiy muhofaza taqdim etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida giperglikemiya, 2-toifa qandli diabet, ortiqcha vazn va lipid tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq boshqa kasalliklarni davolash uchun o‘z tarkibida faol birikma sifatida sitagliptinni saqlovchi «YANUVIYa» savdo nomiga ega bo‘lgan preparat Merck Sharp & Dohme Corp. nomiga ro‘yxatga olingan edi.

Agentlik tomonidan Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasiga strukturaviy formulaga ega sitagliptinning strukturaviy birikmali formulasiga hamda sitagliptin moddasini saqlovchi farmasevtik tarkib uchun patent berilgan va huquqiy muhofazasi taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq Merck & Co., Inc kompaniyasi patent egasi sifatida patentlangan mahsulot — sitagliptinni o‘z ichiga oluvchi farmasevtik tarkibga egalik qilish, foydalanish va tarqatishga bo‘lgan mutlaq huquqqa ega hisoblanadi.

Pokistonning CCL Pharmaceutical Pvt kompaniyasi va O‘zbekistondagi Apple Farm xususiy korxonasi huquq egasining yozma tarzdagi roziligi va ruxsatini olmay turib, ya’ni yuqoridagi Qonun talablarini buzgan holda O‘zbekiston hududida tarkibida sitagliptin moddasini o‘z ichiga oluvchi preparatlarni olib kirish, tarqatish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida CCL Pharmaceutical (Pvt) Ltd nomiga faol modda sifatida o‘z tarkibida O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan muhofazalangan va mutlaq huquqlari Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasiga tegishli bo‘lgan sitagliptin birikmasini o‘z ichiga oluvchi SITA MET savdo nomiga ega bo‘lgan preparat ro‘yxatga olingan.

2016 yilda Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasi o‘z huquqlarining CCL Pharmaceutical Pvt kompaniyasi va Apple Farm xususiy korxonasi tomonidan buzilayotganini aniqlagach O‘zbekiston sud instansiyalariga o‘z huquqlari himoya qilinishini so‘rab murojaat qiladi. Sud ishlari qariyb 2 yil davom etdi, lekin Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasi o‘z patentiga bo‘lgan tegishli huquqlardan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yilishiga erisha olmadi.

Sud instansiyalari orqali huquqlari tiklanishiga erisholmagach, patent egasi sifatida Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga murojaat qiladi.

2018 yilning 28 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha sud kollegiyasi Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasining shikoyat arizasini qondirib, CCL Pharmaceutical kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan muhofazalangan sitagliptin faol moddasini o‘z ichiga oluvchi tovarlarini Merck Sharp & Dohme Corp. kompaniyasining yozma tarzdagi roziligi va ruxsatisiz respublika hududiga olib kirishi, tarqatishi va sotishini taqiqlab qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha sud kollegiyasining ushbu qarori xorijlik tadbirkorlar va investorlar uchun O‘zbekistonda intellektual mulk davlat himoyasiga olinganini yana bir tasdiqlab berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlar me’yorlarining milliy patent qonunchiligida o‘z aksini topgani va bu me’yorlar respublika miqyosida amalda tadbiq etilayotgani O‘zbekistonning intellektual mulkka nisbatan huquq egalari manfaatlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, xususan, O‘zbekistonning dunyo iqtisodiy maydoniga integrasiyalashuv borasidagi intilishini namoyon etadi, deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.