Nemislar Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoda

Nemislar Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoda

O‘tgan hafta Germaniyada o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniyada so‘ralganlarning uchdan ikki qismi Isroilning G‘azodagi harakatlarini qoralagan.

Germaniyaning Stern nomli haftalik jurnali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, nemislarning 61 foizi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini ma’qullamaydi.

Bu noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan keskin farq qiladi. O‘shanda nemislarning 62 foizi Isroilning G‘azoga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan va faqat 31 foizi bunga qarshi chiqqan.

Fikrlarni o‘zgarishi Germaniyadagi barcha siyosiy partiyalarga ham ta’sir qildi. Jumladan: Sosial-demokratik partiya, "Yashillar", yirik o‘ng markazchi "Ittifoq" partiyasi va hatto bugungi kunda Isroilning harbiy harakatlariga qarshi bo‘lgan o‘ta o‘ng "Germaniya uchun alternativ" partiyasining ba’zi a’zolariga ta’sir qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!