Nega vaksinalarning narxi har xil, bu ularning sifatiga bog‘liqmi?

Nega vaksinalarning narxi har xil, bu ularning sifatiga bog‘liqmi?

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi vaksinasiya haqidagi dolzarb savollarga javob berdi.

💉1 apreldan boshlab mamlakatda katta shahar va viloyatlarining markazlarida emlash punktlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayoni boshlandi. 

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar davlatimiz tomonidan xarid qilingan bo‘lib, ular emlanayotganlar uchun mutlaqo BEPUL. 

🌀Vaksinani davlat xaridi uchun belgilangan narxi haqida gapiriladigan bo‘lsak, uni ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi. Va bu o‘rinda vaksinalarni JSSTning rasmiy ro‘yxatiga kiritilganligi uning sifati yuqori ekanligini bildirishini ta’kidlamoqchimiz. 

⚠️Chunki, dunyodagi ko‘pgina davlatlarda vaksinalar ishlab chiqilmoqda, lekin ularning sifat va samardorligi past bo‘lgani bois JSSTning ro‘yxatiga kiritilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!