Nega G‘arb Trampning saylovdagi g‘alabasidan qo‘rqadi?

Nega G‘arb Trampning saylovdagi g‘alabasidan qo‘rqadi?


Agar AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar NATOdan chiqishni boshlashi mumkin. Lomonosov nomidagi MDU davlat boshqaruvi fakulteti siyosiy tahlil kafedrasi dosenti, siyosiy fanlar nomzodi Aleksandr Konkov bu haqda Lenta.ru nashriga ma’lum qildi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilar Trampdan nimani kutishlarini allaqachon bilishgan, u 2016 yildagidek "qopdagi mushuk" bo‘lishni to‘xtatgan. Shu bois, amerikaliklar sobiq prezidentning AQShning NATOdagi ishtirokiga juda shubha bilan qarashini, xususan, AQSh alyansga sarmoya kiritayotgan katta miqdordagi mablag‘ni investisiya qilishni noo‘rin deb bilishini yaxshi bilishadi.

Shu bilan birga, siyosatshunos Trampning birinchi prezidentlik davridagi siyosati bir-biriga zid bo‘lganini, saylovoldi va’dalarining hammasini amalga oshira olmaganini ta’kidladi.

Biroq, ekspertning fikricha, sobiq prezidentning AQSh yetakchisi lavozimini tiklash imkoniyati hozircha ancha yuqori. Bu Yevropada ham, AQShning o‘zida ham xavotir uyg‘otmoqda. Masalan, AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "bu AQShga ko‘plab tahdidlarni keltirib chiqarmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!