Nazarboyev va Lukashenko postsovet mamlakatlaridagi vaziyatni muhokama qilishdi

Nazarboyev va Lukashenko postsovet mamlakatlaridagi vaziyatni muhokama qilishdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti va Belarus rahbari telefon orqali gaplashdi va postsovet hududlaridagi siyosiy vaziyat haqida fikr almashishdi. Shuningdek, Aleksandr Lukashenko Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

“Mustaqil Qozog‘istonning keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari, uning xalqaro maydonda salmoqli yutuqlarga erishgan zamonaviy davlat sifatida shakllanishi Sizning nomingiz bilan uzviy bog‘liq”, — dedi Belarus rahbari o‘z tabrigida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!