Navro‘z bayrami bahonasida 5 kunlik dam olish o‘tdi. Endigi uzoq dam olish qachon?

Navro‘z bayrami bahonasida 5 kunlik dam olish o‘tdi. Endigi uzoq dam olish qachon?

Prezident 2022 yil dekabr oyida rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Hujjatda keltirilishicha, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24 aprel (dushanba) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘ladi.

Shuningdek, 2023 yilda haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni 29 aprel, shanba kunidan 24 aprel, dushanba kuniga ko‘chirildi.

Ma’lumki, 2023 yil O‘zbekistonda Ramazon oyi 23 martdan boshlandi.

Manbalarga ko‘ra, Ramazon hayitini nishonlash 22 aprelga to‘g‘ri keladi.

Prezident 2021 yil fevral oyi boshida "O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, asosiy bayram kunlarida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam oladi.

Shu tariqa, Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam olishi mumkin:

2023 yil 22 aprel (shanba) - bayram kuni (hali rasman tasdiqlanmagan);
2023 yil 23 aprel (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
2023 yil 24 aprel (dushanba) - qo‘shimcha dam olish kuni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!