Navoiyda YTH: 2 kishi vafot etdi

Navoiyda YTH: 2 kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 22 sentyabr kuni soat 18:30 larda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 281-282 kilometrlari oralig‘ida “Uchquduq-Zarafshon” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan N.D. xavfsizlik kamarini taqmasdan Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, xavfsizlik kamarini taqmagan, 1997 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

atijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 57 yoshli R.D. voqea joyida va 24 yoshli S.M. shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 23 yoshli J.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Navoiyda YTH: 2 kishi vafot etdi

Mazkur YTH yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan yo‘lning xavfli burilish joylarida yo‘l belgilariga amal qilishlarini, tezlik me’yorini oshirmasdan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!