Navoiyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs jazoga tortildi

Navoiyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs jazoga tortildi

Davlatimiz tomonidan pandemiya sharoitida fuqarolarimizning uyda qolishlari, karantin qoidalariga rioya qilishlari lozimligi har kuni ommaviy axborot vositalari orqali takror va takror uqtirilib kelinayotgan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolarimiz cheklovlarga amal qilish kerakligi u yoqda tursin, balki o‘zlarining qing‘ir ishlarini, yengil-elpi pul topish ilinjida jinoyatga qo‘l urib kelayotganligi achinarli holdir.

Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasining 2-qismi (Fohishaxona tashkil etish) bilan ayblangan M.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi M. 2020 yilning 12 iyun kuni soat tahminan 16:00larda g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda otasi U.ning Xatirchi tumanidagi yashash xonadonida moddiy manfaatdorlik ko‘rish maqsadida 1994 yilda tug‘ilgan I. bilan 1980 yilda tug‘ilgan Q. ni jinsiy aloqada bo‘lishi uchun sharoit yaratib berib, evaziga fuqaro I. dan 100.000 so‘m pullarni olib fohishaxona tashkil qilganligi Xatirchi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda aniqlanib, 100.000 ming so‘m pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida xujjatlashtirib olingan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga to‘liq iqror va pushaymonlik  bildirib, oilaviy sharoiti og‘irligi sababli ushbu jinoyatni qilishga majbur bo‘lganini, oilasidan ajrashganini, bu holatni boshqa takrorlamasligini bildirib qonuniy yengillik berishni so‘ragan.

Garchand, sudlanuvchi M. aybiga iqror va pushaymonlik bildirgan bo‘lsa-da, uning  aybi sudda muhokama qilingan  va huquqiy baho berilgan ob’ektiv dalillar  bilan to‘liq isbotlanadi.

Sud, sudlanuvchi M.ga nisbatan jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 3-bandida “Jinoyat kodeksining 8,54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi, har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak” deb ko‘rsatilgan rahbariy ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, M.ning sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, u aybli deb topilayotgan JK 131-moddasining 2-qismi sanksiyasida nazarda tutilgan bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni, shuningdek sudlanuvchi zimmasiga kunning kech soat 22:00 dan ertalab soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqib ketmaslik; IIBning roziligisiz yashash va ish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik; har oyda bir marta Xatirchi tuman IIO Probasiya guruhidan ro‘yxatdan o‘tib turish kabi cheklovlar belgilandi.

        

Bekzod Baxrinov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi

malaka hay’ati kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!