Navoiy viloyati. 2022 yil 14 sentyabr kuni soat 00:30 larda Navoiy viloyati Xatirchi tumanda yashovchi 24 yoshli B.R. mast holatda bo‘la turib, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, o‘zi bilan bir qishloqda yashovchi 36 yoshli U.A.ning turmush o‘rtog‘i Rossiya Federasiyasiga ishlash maqsadida ketganligini bila turib, uning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga o‘qtalib, og‘zini qo‘li bilan yopib, pul topib berishini talab qilib, sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, o‘ng qo‘l yelka yuqori uchligi tashqi yuzasidagi qontalash jarohatini yetkazib, U.A.ning farzandlari uyg‘onib qolishi natijasida, jinoiy maqsadini oxirigacha yetkaza olmasdan voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida B.R. ushlanib, undan 1 dona fonar, 1 dona pichoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.