Navoiyda anomal sovuq kuzatildi

Navoiyda anomal sovuq kuzatildi

4 dekabr kuni ertalab Navoiy viloyati shimolida havo harorati -20 darajagacha pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.

Viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida -11…-14 darajagacha, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida -20 daraja sovuq kuzatilgan.

«Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi -23 darajali sovuqlikni qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!