Navalniyga qarshi yangi ish bo‘yicha sud 31 may kuni boshlanishi mumkin

Navalniyga qarshi yangi ish bo‘yicha sud 31 may kuni boshlanishi mumkin

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Aleksey Navalniy qamoqda bo‘lgan vaqtida sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha sud 31 may kuni boshlanadi. Rossiyalik muxolifatchi Twitter’da Bosh prokuratura unga 3828 sahifali ayblov xulosasini taqdim etganini aytdi.

Shu bilan birga, ayblovlarning mohiyatini "aniqlab bo‘lmayapti", chunki koloniya ma’muriyati ishni olib qo‘ygan, deb yozadi siyosatchi. "JIZOda bu taqiqlangan narsa", deb tushuntirdi u. “Sizni nimada ayblashayotganini faqat hukm chiqarilgach bilib olasiz”, deya kinoya qildi muxolifatchi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, yangi ayblovlar bo‘yicha u 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Navalniy 2022 yil oktyabrida “terrorizmni targ‘ib qilish”, “ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish” va “nasizmni reabilitasiya qilish” moddalari bo‘yicha yangi ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

2023 yil aprelida “terrorizm” moddasi bo‘yicha ish mavjud bo‘lganidan – “ekstremizm” moddasi bo‘yicha ishdan ajratilgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!