Nasimiy o‘limiga fatvo bergan ruhoniy talvasasi yoxud “Manda sig‘ar ikki jahon…”

A A A
Nasimiy o‘limiga fatvo bergan ruhoniy talvasasi yoxud “Manda sig‘ar ikki jahon…”

Joriy yilda qardosh Ozarbayjonda turkiy adabiyotning buyuk vakili Sayyid Imodiddin Ali Nasimiy tavalludining 650 yilligi keng nishonlanmoqda. 

…Milodiy 1417 yil. Suriyaning Halab shahri markazidagi qatl maydoni odamlarga to‘lib toshgan. Bu yerda buyuk mutasavvif, otashnafas shoir, turk dunyosining yetuk namoyandalaridan biri Sayyid Imodiddin Ali Nasimiy Misr sultoni Muayyad tomonidan qatl etilishi lozim. Kishilar hayajonda. Biroq, shoirni o‘limdan asrab qolish hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Nihoyat qo‘liga kishan urilgan Nasimiyni qatl dastgohi oldiga olib kelishdi. Hukm o‘qib eshittirildi. Butun olomon dahshatda. Insonning terisini tiriklay shilib olish… Bu qanday vahshiylik, qanday razolat. Shoir esa, qatl oldidan hech qanday talvasaga tushmagani ko‘rinib turardi. U yuzida kinoyali tabassum bilan ro‘parasida turgan din peshvolariga ulug‘vor nazar solardi.

– Xaloyiq, – baqiradi shu payt olomon ichidan Nasimiyning o‘limiga fatvo bergan shayxulislom, – Bu bir kofir, dinidan yuz o‘girgan murtad. Uning qoni qayerga borib sachrasa, o‘sha joyni kesib tashlash joiz bo‘ladi. Vujudingizga uning qoni tegishidan ehtiyot bo‘ling!

Jallodlar mahkumning qo‘l-oyog‘ini maxsus ustunga bog‘lab uning vujudiga tig‘ soladilar. Tomoshabinlarning aksariyati uvvos solib yig‘lab yuboradi. Biroq, shoir bu azoblarga matonat bilan bardosh beradi. Shu choq Yaratganning qudrati bilan uning bir tomchi qoni boyagi «hazrat»ning bir barmog‘iga sachraydi. U hech kim ko‘rmasin, deya qonni etagiga artmoqchi bo‘lganida uni kuzatib turgan shoirning muxlislaridan biri darhol ruhoniyning qo‘lidan tutib koladi. Qatl maydoniga to‘planganlar unga boyagi fatvoni eslatishadi.

– Musulmonlar, – deya jon talvasasida o‘z ahdidan tona boshlaydi ruhoniy. – Men bu gunohkorning gunohidan behad g‘azablanganim uchun shunday degandim. Aslida na Qur’oni karimda, na Hadisi sharifda bunday hukm bor. Men jahl ustida aytdim.

Kutimaganda qip-qizil qonga botgan shoir qah-qah urib kulib yuboradi va badiha tarzida ushbu baytni o‘qiydi.

Zohiding bir barmog‘in kessang, tonib Haqdin qochar,

Ko‘r bu miskin oshig‘i, sarpo so‘yarlar yig‘lamas.

Xo‘sh, Nasimiy kim edi o‘zi? Uni nima uchun bunchalik vahshiylarcha qatl etdilar?

Ma’lumotlarga qaraganda, Sayyid Imodiddin Ali Nasimiy milodiy 1369 yilda Ozarbayjonning Shamahi shahrida dunyoga keladi. Yoshligidan ilm-ma’rifatga, adabiyotga mehr qo‘yadi. Turkiy, forsiy va arab shoirlarning asarlarini qiziqish ila mutolaa qiladi. Shamahi va Bokudagi madrasalarda tahsil oladi. Tarixiy manbalarda aytilishicha, unig otasi va akasi ham she’rlar yozgan ekan.

U asli sayyidlar avlodidan edi. Unga Ali deb ism qo‘yishgan, diniy ilmlarni puxta o‘rgangani uchun keyinchalik Imod-ad-din ya’ni dinning tirgagi, tayanchi degan unvonga sazovor bo‘lgan. U dastlabki she’rlariga «Sayyid», «Husayn», taxalluslarini tanlaydi. Keyinchalik, o‘z zamonasining taniqli shoiri Fazlulloh Naimiydan she’riyat va tariqat sirlarini o‘rganadi, unga hamohang tarzda she’rlarida Nasimiy taxallusini qo‘llay boshlaydi. Naimiy shoir bo‘lish bilan birga o‘z davrida katta shuhrat topgan hurufiylik tariqatining asoschisi ham edi.

Ushbu tariqatga ko‘ra, butun dunyo mohiyatini harflar tashkil etadi. harflar bo‘lmaganida, dunyo ham, oxirat ham, yeru osmon ham, hayot ham bo‘lmasdi. Shu bois harflar ilohiydir. Ularda Ollohning jamoli tajalliy etadi.

Tasavvufiy g‘oyalar asosida shakllangan bu oqim keyinchalik Kavkaz, Kichik Osiyo va Xurosonda keng tarqaladi. Jamiyatning diniy qatlami va hukmron doiralar bu oqimga keskin qarshi chiqadilar. Uning tarafdorlari qat’iy ta’qib ostiga olinadi va mutaassiblarcha o‘ldiriladi. Naimiy esa, 1398 yilda Mironshoh Mirzo tomonidan qatl etiladi.

Nasimiy o‘z ustozining yo‘lini davom ettirish uchun vatanini tashlab olis safarga otlanadi. Xuroson, Eron, Iroq, Rum va Shom o‘lkalarida bo‘ladi. Minglab shogirdlar orttiradi. Biroq qayerda bo‘lmasin, din a’yonlari unga qarshi fitnalar uyushtirar, uni ayovsiz ta’qib etar edilar.

Shogirdlari, izdoshlari esa, Nasimiyni benihoya sevar, uni hurmat qilar edilar. Bir necha bor, hayotini asrab qolish uchun shogirdlari uning o‘rnida o‘zlarini jallod tig‘iga tutib berganlar.

Nasimiy o‘ta zakiyligi, hozirjavobligi bois hamisha rakiblarini mot kila olar, o‘zining haq ekanligini har yerda ustalik bilan isbotlay olardi. Uni yo‘q qilishni xohlasalar-da, buning uchun yetarlicha asos topa olishmasdi.

Tarixiy manbalarda uning qo‘lga olinishi quyidagicha hikoya qilinadi. Nasimiy Halabda Juma namozini o‘qish uchun masjidga kirganida uning kovushi ichiga «Yosin» surasi bitilgan bir varaq qog‘ozni solib qo‘yishadi va sultonga «shoirning Qur’onni oyoqosti qilib yurgani» haqida xabar yetkazishadi. Sulton shoirni qayerda bo‘lmasin oyog‘ini yerga tekkizmay olib kelishni amr qiladi. Ko‘p o‘tmay Nasimiyni sulton huzuriga olib kirishadi.

– Mavlono, kovushi ichiga «Yosin»ni solib yurgan kimsaga qay jazoni ma’qul ko‘rardingiz, – deb so‘raydi Muayyad shoirdan.

– Bunday mal’unning terisini shilmoq lozim, valine’mat, – deydi Nasimiy hech narsani tushunmay.

Shu zahoti sultonning amri bilan shoirning kovushini yechib ko‘radilar. Oyat bitilgan qog‘ozni ko‘rib, Nasimiy qanchalik ustalik bilan qo‘lga tushirilganini anglaydi. Biroq, sultonning oyog‘iga yiqilib, tavba-tazarru qilish, bu fitnani tekshirib ko‘rishni iltimos qilish o‘rniga boshini tik tutib taqdirga tan beradi.

– Hukmdorim, boyagi gapim gap. Jallodlarga ayting, mening terimni shilib olsinlar.

Nasimiyning qatl etilishi bilan bog‘liq qator rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan. Ulardan birida aytilishicha, Nasimiy terisini shilayotganlarida ham, Mansur Xalloj kabi «Anal-haq – men Haqman, men uning bir zarrasiman”, deya xitob qiladi. Shunda uni tomosha qilayotgan raqiblari:

– Ey nodon, o‘zing-ku, qoningga belanib yotibsan. Yana qanaqasiga xudolik da’vo qilasan? – deya istehzo qiladilar.

– O‘zing nodonsan, – deydi shoir boshini mag‘rur tutib. – Men abadiyat ufqiga bosh qo‘yayotgan quyoshman. Hech ko‘rganmisan, quyosh ham botayotgan chog‘ida mendek qizaradi.

Hazrat Alisher Navoiy ham Nasimiyning ijodiga katta hurmat bilan qaragan. «…Sayyid Nasimiyning nazmi o‘zga rang tutubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur», deydi «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida. Bu bilan hazrat Navoiy Sayyid Nasimiy ijodi boshqa shoirlar nazmidan tamomila farq qiladi, uning she’riyati ko‘proq majoziy ma’noga ega, u o‘z ijodida ishqi haqiqiyni – Ollohga bo‘lgan buyuk muhabbatni tarannum etgan, deganlar. Mazkur asarda ulug‘ bobokalonimiz Nasimiy turkiy adabiyotda Mavlono Lutfiy bilan barobar mavqega ega ekanini ta’kidlab o‘tgan.

«Nasoyim ul muhabbat» tazkirasida esa Nasimiyning qatl etilish jarayoni shunday tasvirlanadi:

«Hamono taqlid ahli ani qusur tuhmatig‘a muttaham qilib qatl qildilar. Mashhur mundog‘durkim, to terisin so‘yar hukm bo‘lubdur, ul holatda bu she’rni debdurki,

nazm:

Qibladur yuzing, nigoro, qoshlaring mehroblar,

 

Suvrating mushaf, vale xolu xating e’roblar.

 

Ey Nasimiy, chun muyassar bo‘ldi iqboli visol

 

Qo‘y, teringni so‘ysa, so‘ysun bu palid qassoblar».

Manbalarning guvohlik berishicha, uning jasadi xalqqa ibrat bo‘lishi uchun yetti kun shu dorda osilib turgan. Nur, ma’rifat g‘animlari uni jismonan mahv etgan bo‘lsalar-da, uning ruhoniyat mulkiga daxldor asarlarini, she’ru g‘azallarini xalq tilidan, dilidan sug‘urib ololmadilar. Tiriklik chog‘idayoq Nasimiyning ash’ori she’riyat muxlislariga yod bo‘lib ketgan, ko‘plab she’rlariga kuy bastalanib, qo‘shiqlarga aylangan edi.

Shogirdlari shoirning jasadini shu shahardagi qabristonda izzat-ikrom bilan dafn etadilar. Uning qabri ustida maqbara tiklaydilar. Halab shahridagi ushbu ziyoratgoh hozirgacha saqlanib kelayotir. Uning maqbarasini ziyorat qilib ketganlar ham faxriy «Nasimiy» unvoniga ega bo‘ladilar.

Nasimiydan bizgacha boy adabiy meros yetib kelgan. Uning turkiy va forsiy tildagi devonlari qayta-qayta nashr etilgan. Nasimiy ijodi nafaqat ozarbayjon, balki, o‘zbek adabiyotining ham qimmatli xazinasidan o‘rin olgan. Qadimda bobolarimiz uning she’rlarini tarjimasiz tushunganlar. Uning ijodi Mashrab, Nodira, Amiriy kabi mumtoz shoirlarimiz ijodiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Mashrab she’rlaridan birida shoir fojiasini achinish bilan yodga oladi:

Kufr aytdi deb Nasimiyning terisin so‘ydilar,

 

Go‘shtu po‘stin so‘ylatib olamga go‘yo qildi ishq.

Sayyid Imodiddin Ali Nasimiyning g‘azallari o‘zbek nazm ixlosmandlari qalb mulkiga aylangan. Zero, bu ulug‘ mutafakkir ijodi butun bashariyatga va abadiyatga daxldordir.

Quyida Sayid Imodiddin Nasimiyning mashhur g‘azalini e’tiboringizga havola etamiz:

Manda sig‘ar ikki jahon, man bu jahona sig‘mazam,

 

Gavhari lomakon o‘zim, kavnu makona sig‘mazam.

 

Arsh ila farshu kofu nun, barchasi mandadir bugun,

 

So‘zlama, qo‘ygil endi man sharhu bayona sig‘mazam.

 

Kavnu makondur oyatim, zoti aning bidoyatim,

 

Istar esang nishonami, men bu nishona sig‘mazam.

 

Shubha gumon ila kishi, haq bila bo‘lmagay ishi,

 

Haq tanigan bilurki man shubha gumona sig‘mazam.

 

Surata boq-u, ma’nini surat ichinda san tani,

 

Jism ila jon o‘zim, vale jism ila jona sig‘mazam.

 

Ham sadafu ham injuman, hashru sirot o‘tuvchiman,

 

Buncha matoyu mol ila men bu do‘kona sig‘mazam.

 

Ganji nihon mening o‘zim, ayni ayon mening o‘zim,

 

Gavhari kon mening o‘zim, bahrayu kona sig‘mazam.

 

Garchi muhiti a’zamam, Odam otimdir Odamam.

 

Kunfayakun bo‘lib o‘zim, man bu makona sig‘mazam.

 

Jon bila ham jahon o‘zim, dahr ila ham zamon o‘zim,

 

Ko‘r bu latifani ki man dahru zamona sig‘mazam.

 

Anjum ila falak manam, vahy manam, malak manam,

 

Senki tilingni tiy, bugun men bu lisona sig‘mazam…

 

Zarra manam, quyosh manam, chor ila panju shash manam,

 

Surati ko‘r bayon ila, chunk bayona sig‘mazam.

 

Zot ila sifot ila, qadr ila, barot ila,

 

Gulbashakar navot ila, basta dahona sig‘mazam.

 

Nor manam, shajar manam, arsha chiqan hajar manam,

 

Ko‘r bu olov tilin, ki man, ushbu zabona sig‘mazam.

 

Shams manam, qamar manam, shahd manam, shakar manam,

 

Ruhi ravona mandadur, ruhi ravona sig‘mazam.

 

Garchi bugun Nasimiman, Hoshimiyu Qurayshiman,

 

Bundan ulug‘dur oyatim, oyati shona sig‘mazam.

Rustam JABBOROV.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Quvayt aeroportiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi tomonidan hujum qilingan

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) вакили Ҳусайн Моҳеби маълум қилди.

NATO bosh kotibi Rossiya harbiylariga murojaat qildi

Рюттенинг сўзларига кўра, Россия расмийлари Украинадаги урушга кетаётган аскарларга бераётган қуроллар талабга жавоб бермайди

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Такало бу пуллар унинг ҳисобига қандай келиб қолгани ҳақида ҳеч қандай маълумотга эга эмаслигини айтди.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi

Шунингдек, телекоммуникация инфратузилмасини ривожлантиришга 500 млн долларгача инвестиция киритиш режалаштирилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.