NASA rahbari odamlarning Mars sayyorasiga qachon parvoz qilishini aytdi

NASA rahbari odamlarning Mars sayyorasiga qachon parvoz qilishini aytdi

Odamlar 2040-yilda Marsga qo‘nishi mumkin, dedi AQSh Milliy Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi rahbari Bill Nelson. Jurnalist Nelsondan odamni Marsga qo‘ndirishning eng erta taxminiy sanasini aytib berishni so‘radi.“Oyga yetib borish uchun uch-to‘rt kun kerak bo‘ladi, lekin Mars ancha uzoqda”, dedi u El Mundo nashriga bergan intervyusida.

NASA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Marsga parvoz 7-8 yil davom etadi, shundan so‘ng odamlar u yerda bir-ikki yil qolib, qaytish safari uchun sayyoralarning qulay joylashishini kutishga majbur bo‘ladi, bu esa 6 yil davom etadi. Nelsonning qo‘shimcha qilishicha, olimlar parvoz paytida va Marsda odamlarni qanday qilib tirik qoldirish haqida o‘ylashlari kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!