NASA: Yerni abadiy yomg‘ir kutmoqda

NASA: Yerni abadiy yomg‘ir kutmoqda

Olimlarning ta’kidlashicha, Yerdagi iqlim o‘zgarishi rasman e’lon qilinganidanda globalroq bo‘lib, yaqin kelajakda sayyoramizni katta miqdordagi yomg‘ir kutmoqda.

NASA’ning ko‘plab olimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarining natijalari e’lon qilinadigan Nature Communications nashrining mutaxassislar fikriga tayanib ma’lum qilishicha, iqlimshunoslar hozirda yog‘ingarchilik miqdorini noto‘g‘ri hisoblashmoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda sayyoramizning havo oqimida siljishlar mavjud bo‘lib, meteorologlar tropik mintaqalarda joylashgan balandliklardagi bulutlarning qisqarayotganligini hisobga olishmayapti. Vaholanki, aynan ushbu bulutlar harakati tufayli yog‘ingarchilik miqdori ko‘paymoqda.

Mutaxassislar bunday tabiiy hodisalarni o‘rganish uchun takomillashtirilgan model tufayli yangi tabiiy hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligini ta’kidlashmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!