Narkozning xotiraga ta’siri bormi?
Ayrim bemorlarda narkozdan so‘ng xotira susayganligi aniqlangan. Bu holat kimdadir bir necha soat davom etsa, kimdadir bir necha kun, yana kimdadir doimiy xarakterga ega bo‘lib qoladi.
Odatda, bunday asorat yurakda o‘tkazilgan operasiyalardan so‘ng rivojlanadi. 60 yoshdan oshgan bemorlarning taxminan 40 foiz qismida esa nisbatan yengil operasiyalardan so‘ng ham uchraydi. Operasiya qanchalik uzoq davom etsa, asorat shunchalik rivojlanadi.
Bu holat to‘g‘risida olimlar miyaning narkozga reaksiyasi va miya to‘qimasining qisman o‘lishi bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, narkoz vaqtida miya og‘riq sezmaganligi natijasida immun tizimida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq, degan qarashlar ham bor. Bunda miya stress vaqtida ishlab chiqishi lozim bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqarilishini nazorat qila olmaydi.
50 yoshdan oshgan, 3-7 yil avval narkoz o‘tkazgan bemorlarda Alsgeymer kasalligi boshqa tengqurlaridan ko‘ra ko‘proq uchrashi aniqlangan. Bunga narkoz uchun berilgan vositalar miyada toksinlar hosil qilib, Alsgeymer kasalligini qo‘zg‘ashi mumkin, deya qaraladi. Ayrimlarning fikricha, xotiraning bunday o‘zgarishlariga faqatgina narkoz emas, operasiya ham “aybdor”. Ko‘pincha xotira o‘zgarishlari 2-3 yilda yo‘qolib ketadi.
Shuningdek, bolalar orasida qam qayta narkoz olinganida xotira pasayishi kuzatilgan.
Xotira pasayishini faqatgina narkoz bilan bog‘lash to‘g‘ri fikr emas. Bunday bo‘lmasligi uchun xotirani doimiy mashq qildiring. Xotira uchun mashq esa albatta, ko‘proq kitob o‘qish. Ko‘proq kitob o‘qing, sifatli ovqatlanishga harakat qiling. Shunda xotira bilan bog‘liq muammolar sizda kamroq bo‘ladi.
