- Assalomu alaykum! Namozda sochlarning uchi pastga tushib turishi kerakmi? Soch uzun bo‘lsa, pastroqdan yig‘ib o‘qisa bo‘ladimi?
- Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Etti a’zo bilan: peshona – qo‘llari bilan burunlariga ham ishora qildilar, – ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoqning uchi bilan sajda qilishga hamda (sajdada) kiyimlarni va sochni yig‘ishtirmaslikka buyurildim», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda kiyimni osiltirishdan va kishini og‘zini to‘sishdan qaytardilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Ushbu holatlar ko‘proq Arabiston sharoiti va u yerdagi xalqlarning odatlaridan kelib chiqqan. Ma’lumki, ularda erkaklar ham uzun kiyim kiyadilar. Avvallari nafaqat uzun kiyim kiyishardi, balki kiyimni uzun qilish bilan faxrlanishar ham edi. Shuningdek, arablarda sallaning bir tarafi bilan og‘izni berkitib yurish odati ham bor edi. Islom dini kibru havoga bog‘liq hamma narsalarni man qilganidek, kiyimni faxr, kibru havo bilan sudrab yurishni ham man qildi. Namozdan tashqarida man etilgan narsa namozda ham man etilishi turgan gap. Shuningdek, namozda og‘izni biror mato bilan to‘sib olish ham makruhdir.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Abu Rofe’ namoz o‘qiyotgan Hasan ibn Aliy alayhimassalomning yonidan o‘tdi. U (Hasan) soch o‘rimini orqasiga turmaklab olgan edi. Abu Rofe’ uni yechib yuborgan edi, Hasan unga g‘azab bilan qaradi. U bo‘lsa: «Namozingni o‘qiyver. G‘azab qilma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Bu shaytonning to‘qimi», deganlarini eshitganman», dedi».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Inson namoz o‘qiganida, sajda qilganida uning barcha a’zolari, butun vujudi, hatto kiyimlari ham ishtirok etishi kerak. Agar namozxon sochini qaytarib, turmaklab olsa, o‘sha holatga futur yetadi. Shuning uchun bu ish makruh hisoblanadi.
Ayollar bitta uzun qilib tashlagan holda sochlarini yig‘ib, ya’ni bog‘ich bog‘lab yoki o‘rib olishlari mumkin. Ammo yumaloqlab, boshning tepasiga jamlab olish makruhdir.
Vallohu a’lam.
Odinaxon Muhammad Sodiq
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.