Namanganlik fuqaro aldov yo‘li bilan 1.6 mlrd pullarni qo‘lga kiritdi

Namanganlik fuqaro aldov yo‘li bilan 1.6 mlrd pullarni qo‘lga kiritdi

Namangan. 2018 yilning sentyabr oyida 50 yoshli M.U., Namangan shahrida yashovchi 25 yoshli F.N., ga Namangan shahrida tibbiyot diagnostika markazi ochish niyati borligini, buning uchun F.N.,ga tegishli bo‘lgan “G‘irvonsoy” ko‘chasida joylashgan 4 qavatli qurilishi tugallanmagan binoni sotib olmoqchi ekanligini, pullarni bankdan kredit olish yo‘li bilan to‘lashini hamda shu bino yerto‘lasida dorixona ochib, dori-darmon sotish bilan shug‘ullanish uchun F.N.,ning o‘ziga berishini aytib, binoni 2,5 mlrd. so‘mga sotib olishga kelishib, F,N.,ning ishonchiga kirib, uni aldab, bankdan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit uchun ajratilgan 2 mlrd. 500 mln., so‘m pullarni bankda fuqaro F.N.,ning nomiga ochilgan plastik kartochkasi hisobiga tushurishga erishib, ushbu kartadan 900 mln., so‘m pullarni naqdlashtirib, F.N.,ga berib, qolgan 1,6 mlrd. so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.   

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, M.U., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!