Namanganda rulda uxlab qolgan haydovchi avtohalokatga uchrab halok bo‘ldi — shifoxonadagi yo‘lovchi hodisa tafsilotlari haqida so‘zlab berdi (video)

Namanganda rulda uxlab qolgan haydovchi avtohalokatga uchrab halok bo‘ldi — shifoxonadagi yo‘lovchi hodisa tafsilotlari haqida so‘zlab berdi (video)

Namangan viloyati Pop tumanida 29 may kuni «Nexia» do‘nglikka urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi, deyiladi "Xalq So‘zi Online" xabarida.

Qayd qilinishicha, hodisa joriy yilning 29 may kuni soat 04:20 da Toshkent-O‘sh A373 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida bo‘lgan. Samarqand viloyatidan kelayotgan «Nexia» rusumli mashina ichida 4 nafar fuqarosi bilan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lovchilarning ogohlantirishiga qaramasdan haydovchi uxlab qolgan. Natijada mashina yo‘l chetidagi do‘nglikka urilgan va haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Yo‘lovchilar haydovchining tanishlari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!