Namanganda noma’lum o‘g‘rilar aniqlanib, ushlandi

Namanganda noma’lum o‘g‘rilar aniqlanib, ushlandi

Shu yilning 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi SH.T.ga tegishli Bog‘ MFY hududida joylashgan 20-sonli savdo do‘koniga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, u yerdan 1550 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uychi tumani Jiydakapa MFYda yashovchi SH.D., Beruniy MFYda yashovchi B.T. va Qo‘rg‘oncha MFYda yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!