Namanganda Milliy gvardiya xodimi daryodan ayolni qutqarib qolib, o‘zi cho‘kib ketdi

Namanganda Milliy gvardiya xodimi daryodan ayolni qutqarib qolib, o‘zi cho‘kib ketdi

Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolgan Milliy gvardiya xodimining o‘zi cho‘kib ketdi.

Voqea bugun, 10 fevral kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi A. Abdulvoxidov Uychi tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qoladi. Xodim shu zahoti o‘zini suvga tashlab, ayolni qutqarib qoladi va uni sherigiga topshiradi. Lekin suvning oqimi tez bo‘lgani, havoning sovuqligi uchun uning tomirlari tortishib qolishi natijasida kuchli oqim Abdulvoxidovni oqizib ketgan. Keyinchalik suvga o‘zini tashlagan ayol 1994 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi N.O. ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda Milliy gvardiya xodimining holati ma’lum emas va uni qidirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!