Blogerlar faoliyatini o‘rganish doirasida mazkur sohaning eng faol 110 nafar vakillari ro‘yxati shakllantirildi

Blogerlar faoliyatini o‘rganish doirasida mazkur sohaning eng faol 110 nafar vakillari ro‘yxati shakllantirildi

Blogerlar faoliyatini o‘rganish doirasida mazkur sohaning eng faol 110 nafar vakillari ro‘yxati shakllantirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ulardan 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, qolgan 22 nafari esa jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.

Bunday holat blogerlar faoliyatining amaldagi ko‘lami bilan ularning huquqiy maqomi o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida o‘rganildi. Aniqlanishicha, 2025 yil davomida ular tomonidan 360 ta storis (o‘rtacha oyiga 5 ta) va 184 ta reklama postlari joylashtirilgan.

Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali taqdim etilgan rasmiy hisobotlarga ko‘ra, mazkur blogerlarning jami daromadi 2,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, budjetga 110,4 mln so‘m soliq to‘langan.

Uchrashuv davomida blogerlar jamoasi vakillariga reklama joylashtirishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish bo‘yicha qonunchilik normalari tushuntirildi. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi, amalda esa ayrim blogerlar tomonidan administratorlar, yordamchilar va boshqa mutaxassislar jalb qilinayotgani qayd etildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ushbu sohada soliq majburiyatlarini tushuntirish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Soliq qo‘mitasida blogerlar faoliyatini soliq qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish va daromadlar shaffofligini ta’minlash muhim ekani alohida ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi