Namanganda MIB surishtiruvchisiga tabiiy gazdan 18 mln so‘m qarzdorlik uchun 700 dollar pora taklif qilindi

Namanganda MIB surishtiruvchisiga tabiiy gazdan 18 mln so‘m qarzdorlik uchun 700 dollar pora taklif qilindi

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi surishtiruvchisi SH.M. 12 oktyabr kuni viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qildi. Bu haqda «Daryo»ga boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Surishtiruvchining murojaatida bildirishicha, unga ish yurituvida bo‘lgan Namangan shahrida joylashgan ma’suliyati cheklangan jamiyatning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida aniqlangan 33 million so‘mlik zararning 15 million so‘mini to‘lov qilib, qolgan qismini to‘lamaslik va ishni ijobiy hal qilib berishi evaziga fuqaro A.S. 700 AQSh dollari miqdorida pora taklif etgan.

Bildirgi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S.ning ukasi N.S. surishtiruvchiga 700 dollar berayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!